locale OZ

U20 Osiyo kubogi saralashi: O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Bahraynni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U20 Osiyo kubogi saralashi: O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Bahraynni yirik hisobda mag‘lub etdi
Photo: UFA

U20 yosh toifasidagi ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi–2026 uchun saralash musobaqasidagi ilk o‘yinini yirik hisobda yakunladi. Jamoa Bahrayn ustidan 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv Toshkent shahrida, “G” guruhi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu guruhning yana bir o‘yinida Iordaniya terma jamoasi Shimoliy Marian orollarini 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

Navbatdagi turda — 8 avgust kuni — O‘zbekiston Shimoliy Marian orollari bilan to‘qnash keladi, Bahrayn esa Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi.

U20 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining final bosqichi 2026 yil 1–18 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting