U19 chempionati. «Guliston» yoshlari Samarqandda mag‘lub bo‘lishdi
U19 chempionati 6-turi doirasida «Guliston» U19 jamoasi mehmonda «Dinamo» U19ga qarshi bellashdi.
Unda samarqandlik yosh futbolchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Odilbek Jamshedov va Abduaziz Abduraimov gollarga mualliflik qildi.
Hozircha «Guliston» U19 jamoamiz 3 ochko bilan «Markaz» mintaqasida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Suhrob Sarimsoqov boshqaruvidagi yoshlar keyingi tur bahsini 2-iyun kuni Yangiyerda «Lochin» U19ga qarshi o‘tkazadi.
U19 birinchiligi. 6-tur
Dinamo – Guliston 2:0
27-may. Samarqand BO‘FM. 70 tomoshabin
Gollar: Odilbek Jamshedov 35, Abduaziz Abduraimov 90.
Bosh hakam: Sardor Hakimov
Yordamchi hakamlar: Quvonchbek Jumaqulov, Abror To‘ychiyev
Zaxira hakami: Bobir Xurramov
Komissar: Muzaffar Ismatov.
Dinamo U19 – Nodirbek Qayumov, Parviz Farmonov (Og‘abek Rabimov, 85), Shohjahon Maxamadiyev, Fozilbek Zokirov, Dilyor Abdusattorov, Daler Gʻafurov, Diyorjon Asliyev (Mirjalol Abriyev, 85), Doniyor Maxmudjonov (Temurmirzo Xabibov, 46), Asadbek Bahronov, Abduaziz Abduraimov, Odilbek Jamshedov.
Guliston U19 – Asadbek Ergashev, Xurshidbek Odiljonov, Javohir Nazarqulov, Otabek Ismatullayev, Shohjahon Yunusov, Behzod Bahodirov, Shodiyorbek Soatov (Ibrohim Yaxshiboyev, 89), Gʻanisher Ergashev (Sanjarbek Yorbekov, 46), Bekzodbek Bo‘ribekov (Davlatbek Jumaboyev, 83), Sardorbek Saydazimov (Zayniddin Yusufboyev, 89), Shohjahon Abdujalilov (Shohrux Komilov, 74).
Zaxira: Abdulbosit Shaxobiddinov, Muhammadjon Tursunov.
Ogohlantirishlar: Fozilbek Zokirov 81 – Javohir Nazarqulov 40, Shohjahon Abdujalilov 43, Shohjahon Yunusov 62, Bekzodbek Bo‘ribekov 69.