locale OZ

U-17 Osiyo kubogi chorak final ishtirokchilari tog‘ridan-to‘g‘ri 2026-yilgi turnirning final bosqichida ishtirok etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-17 Osiyo kubogi chorak final ishtirokchilari tog‘ridan-to‘g‘ri 2026-yilgi turnirning final bosqichida ishtirok etadi
FOTO: the-AFC.com

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025-yilning 3–20-aprel kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Unga ko‘ra, joriy yilgi turnirda guruh bosqichini muvaffaqqiyatli yakunlab, chorak finalga yo‘l olgan 8 jamoa Qatarda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati bilan bir qatorda 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogi yo‘llanmasiga ham ega bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi turnirning “A” guruhida Tailand, Xitoy va mezbon – Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting