U-15: O'zbekiston Taraqqiyot kubogini Armaniston ustidan ishonchli g'alaba bilan boshladi
Rasm: sports.uz O'zbekiston U-15 terma jamoasi
8 may kuni Taraqqiyot kubogi doirasida O'zbekistonning 15 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi Armanistonga qarshi musobaqani boshladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da start oldi va 2:1 hisobida yosh futbolchilarimizning g'alabasi bilan yakunlandi.
Bahs Yerevanda, Armaniston futbol federatsiyasi akademiyasi stadionida bo'lib o'tdi. O'zbekiston U-15 jamoasi musobaqadagi ilk o'yinda o'zini ijobiy tomondan namoyon etib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:
12 – Aziz Berdiev
2 – Shehroj Odilov
3 – Xo'jaqbar Zulfiqorov
4 – Azizillo Erkinjonov (sardor)
7 – Doniyor Uktamov
9 – Emmanuel Emonkpaire
10 – Ruzimurod Ruzimurodov
13 – Hasan Uralov
14 – Abdulaziz Shukurov
17 – Abubakir Mamatov
18 – Yahyobek Nasrulloev
Bakradze Iman
Redaktor