locale OZ

U-20 jahon chempionati ikki mezboni — O‘zbekiston va Ozarbayjon Toshkentda xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

Bellashuvlar 9 va 12 oktyabr kuniga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-20 jahon chempionati ikki mezboni — O‘zbekiston va Ozarbayjon Toshkentda xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi 5-oktyabr kuni Milliy futbol markazida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.

Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi yoshlarmiz yig‘in doirasida 9, 12-oktyabr kunlari FIFA U-20 Jahon chempionatining yana bir mezboni — Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga quyidagi futbolchilar jalb etildi:

Darvozabonlar: Bogdan Odinaev (“Bunyodkor”), Alishan Abdutolipov (“Olimpik Mobius”), Akbar Masharipov (“Xorazm”), Sirotillo Yusufxonov (“Navbahor”).

Himoyachilar: Shorahim Shorahmedov (“Bunyodkor”), Muhammadali Dilshodbekov (“Paxtakor”), Behruz Erkinov (“Surxon”), Ozod Odiljonov (Andijon FA), Ozod Najmiddinov (“Nasaf”), Abdulvosid Soliev (OKMK), Saddam Ahmadov (“Olimpik”), Behruz Karimov (“Surxon”).

Yarimhimoyachilar: Azizbek To‘lqinbekov (“Bunyodkor”), Diyor Tojiev (“Olimpik”), Abdulfayz Bobomurodov (“Bunyodkor”), Fazliddin Omonkeldiev (“Sog‘diyona”), Quvonchbek Saidaliev (“Paxtakor”), Jasur Jumaboev (“Lokomotiv”), Ulug‘bek Maratov (“Olimpik Mobius”), Shohjahon Abdumannopov (“Sho‘rtan”).

Hujumchilar: Davron To‘laganov (“Paxtakor”), Diyor Tojiboev (“Olimpik Mobius”), Quvonch Abraev (“Lokomotiv”), Sirojiddin Jumadullaev (“Lokomotiv”).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting