U-17 Osiyo kubogi uchun qur'a tashlandi
Turnir 7-26 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasining guruh bosqichiga qur'a tashlandi.
Qur'a natijalariga ko‘ra, jamoalar quyidagi guruhlardan joy oldilar:
"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand, Myanma.
"B" guruhi: Yaponiya, Indoneziya, Xitoy, Qatar.
"C" guruhi: Janubiy Koreya, Yaman, Vyetnam, Birlashgan Arab Amirliklari.
"D" guruhi: O‘zbekiston, Avstraliya, Hindiston, Shimoliy Koreya (KXDR).
Turnir 7-26 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist