U-17 JCH. O‘zbekistonlik hakamlar AQSh – Tojikiston uchrashuvini boshqaradi
Ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 19:45 da start oladi.
Фото: UzFHM
U-17 Jahon chempionatining navbatdagi bahsida ham o‘zbekistonlik hakamlar ishtirok etishadi.
Rustam Lutfullin zaxira hakami sifatida ishlasa, Sanjar Shoyusupov 5-hakam sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlar markazi xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 19:45 da start oladi.
Bundan tashqari, bugun Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist