U-17 JCH. Bugun chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi
Bugun Qatardagi JCHda chorak final bahslari start oladi.
ФОТО: Getty images
Qatar mezbonligida o‘tayotgan U-17 Jahon chempionatida bugun chorak final bahslari o‘tkaziladi.
Portugaliya va Braziliya ishtirokidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekistonni turnirdan chiqarib yuborgan Italiya ham Afrika vakiliga qarshi maydonga tushadi.
Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan:
17:30. Avstriya - Yaponiya
18:30. Italiya - Burkina-Faso
19:45. Portugaliya - Shveytsariya
20:45. Marokash - Braziliya
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist