Tuxel JCHda mashg'ulotlar ortidan ehtimoliy josusliklar haqida fikr bildirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi jahon chempionati vaqtida jamoa bazasidagi mashg'ulotlar ortidan ehtimoliy josuslikka qarshi ko‘riladigan choralar haqidagi savolga javob berdi.
«Albatta, biz bu haqida g‘amxo‘rlik qilamiz. Imkon qadar, ammo me'yorida. O‘zingiz bilasiz, Argentina Kanzasta juda xilvat, yuqori darajadagi mashg‘ulot majmuasini tanlashda birinchi navbatdagi huquqqa ega edi. Shu sababli, har doimgidek, biz ta’sir ko‘rsata oladigan narsalarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilamiz. Biz mashg‘ulot bazasidan, ayniqsa, Futbol assotsiatsiyasi va barcha mas’ullar uni qanday holatga keltirganidan juda mamnunmiz. U bizning barcha ehtiyojlarimizga javob beradi.
Lekin men buni e’tibordan chetda qoldirish mumkinligiga qo‘shilaman. O‘ylaymanki, biz u yerda qo‘riqlashni ta’minlaymiz va qandaydir himoya yaratamiz. Chunki, albatta, o‘yindan bir kun oldin mashg‘ulot o‘tkazib, jamoaviy kombinatsiyalarni, standart vaziyatlarni mashq qilib, penaltilar bilan yakunlaganda... raqib bu haqida bilishini istamaysiz. Bu hal qiluvchi ustunlikni beradi. Shu sababli, biz maksimal darajada maxfiylikni saqlashga harakat qilamiz», — deya Tuxelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.