locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Turkmaniston bosh murabbiyi: \"O‘zbekistonning muvaffaqiyati Markaziy Osiyo uchun yaxshi o‘rnak\"

Futbol 12 iyn 2025 da 11:30
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Turkmaniston bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning muvaffaqiyati Markaziy Osiyo uchun yaxshi o‘rnak"
Photo: Turkmaniston

Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Rovshan Meredov 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston haqida iliq fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, bu muvaffaqiyat butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yaxshi o‘rnak va mahalliy futbol iqtidorlari boyligidan dalolat, deb hisoblaydi.

"O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqqani ajoyib bo‘ldi. Bu boshqalar uchun namuna bo‘la oladi. Umid qilamanki, bizda ham iqtidorli va yaxshi saviyadagi futbolchilar ko‘p. Bu rag‘bat, erishilishi mumkin bo‘lgan maqsad, yaqin kelajakda erishamiz. Hech bo‘lmaganda, bunga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", - dedi Turkmaniston terma jamoasi ustozI.

Meredov O‘zbekiston terma jamoasining bu yutug‘i tizimli, uzoq yillik mehnat samarasi ekanini ta’kidladi.

"O‘zbekiston bu borada anchadan beri ish olib bormoqda. Men hozir u yerda ishlayotgan hamkasblarimni bilaman. Ular bu poydevorni anchadan beri qo‘yib kelishmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting