locale OZ

Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda Bashakshehir mehmonda Genchlerbirligiga yutqazib qo'ydi

O'zbekistonlik hujumchi to'purarlar poygasida yakkapeshqadamga aylanib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda Bashakshehir mehmonda Genchlerbirligiga yutqazib qo'ydi
photo: Google

Turkiya Superligasining 12-turi doirasidagi Genchlerbirligi hamda Bashakshehir uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu qarama-qarshilikda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Eldor Shomurodov 46-daqiqada gol urdi. Ushbu gol Shomurodovning qatorasiga 3-o'yinda raqib darvozasini aniq ishg'ol qilgani bilan qadrli bo'ldi. O'zbekistonlik hujumchi to'purarlar poygasida yakkapeshqadamga aylanib oldi.

Turkiya Superligasi. 12-tur
Genchlerbirligi — Bashakshehir 2:1
7 noyabr. Anqara. «Eryaman»
Gollar: Kelven (35), Nyang (51, penalti) — Shomurodov (46).
Genchlerbirligi — Velyu, Kelven, Gutas, Zuzek, Pereyra, Dele-Bashiru, Ulgun (Mimaro‘g‘li, 76), Gurpuz (Demir, 76), Koyta (Onur, 67), Tonguya (Onekuru, 90+5), Nyang (Osmano‘g‘li, 90+5).
Bashakshehir Shengezer, Bulut, Duarte, Opoku, Shahiner (Kemen, 68), O‘zdemir (Harit, 58), Gunesh, Sari (Turuch, 77), Krespo (Zelke, 68), da Koshta (Kalujinski, 58), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Opoku (49), Kalujinski (72), Onur (84), Pereyra (88), Duarte (88).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting