locale OZ

Turkiya Superligasi. «Galatasaroy» «Rizespor»dan ustun keldi, Aliqulov 73-daqiqada zaxiraga olindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya Superligasi. «Galatasaroy» «Rizespor»dan ustun keldi, Aliqulov 73-daqiqada zaxiraga olindi
Фото: Getty Images

Turkiya Superligasining 4-turida "Galatasaroy" klubi o‘z maydonida "Rizespor"ni qabul qildi.

Bellashuv 3:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, 73-daqiqada zaxiraga olindi. Shuningdek, u sariq kartochka bilan jazolandi.

"Galatasaroy" ushbu g‘alaba orqali 4 ta uchrashuvdan so‘ng 12 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. "Rizespor" esa 3 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ochko to‘pladi va 16-o‘rinni band qildi.

Turkiya Superligasi. 4-tur

Galatasaroy 3:1 Rizespor

Gollar: Sanches 20, Osimhen 65, Ikardi 90+3 – Vareshanovich 73

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting