locale OZ

Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» yutqazdi, Shomurodovdan 9-gol

U Superligadagi 9-golini urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya Superligasi. "Bashakshehir" yutqazdi, Shomurodovdan 9-gol
ФОТО: Getty images

Turkiya Superligasining 12-turida Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Trabzonspor"ni qabul qilib, 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov esa uchrashuv davomida o‘zining navbatdagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

U 45-daqiqada bosh bilan Onana darvozasini ishg‘ol qilib, Superligadagi 9-golini urdi.

Ma'lumot o‘rnida, "Istanbul Bashakshehir" ushbu bellashuvdan so‘ng 13 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. "Trabzonspor" esa 28 ochko bilan 3-o‘rinni mustahkamladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting