Turkiya chempionati. Shomurodov va Fayzullayev o‘ynagan bahsda «Bashakshehir» durang qayd etdi
Фото: Getty Images
Turkiya chempionatining 4-turi doirasidagi "Istanbul Bashakshehir" - "Eyupspor" bahsi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hisob ochilmadi, - 0:0.
Mazkur o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshlashdi. Hujumchi Eldor Shomurodov to‘liq o‘yinni o‘tkazgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 70 daqiqa harakat qildi.
Turkiya Superligasi. 4-tur
“Istanbul Bashakshehir” 0:0 “Eyupspor”
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist