locale OZ

Turkiya chempionati. Shomurodov gol urgan o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi

Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya chempionati. Shomurodov gol urgan o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi
ФОТО: Getty images

Turkiya Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Bashakshehir" – "Alaniyaspor" bahsi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Biroq 52-daqiqada mehmonlar muvozanatni tiklashdi.

Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov to‘liq harakat qildi. Abbosbek Fayzullaev esa 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Natijada "Bashakshehir" 6 ochko bilan 10-o‘rinda. "Alaniyaspor" esa 9 ochko bilan 7-pog‘onani band etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting