locale OZ

Tudor: «Hech qachon taslim bo‘lmasligimizni ko‘rish juda ajoyib»

"Yuventus" o‘z maydonida "Borussiya D" bilan durang qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tudor: «Hech qachon taslim bo‘lmasligimizni ko‘rish juda ajoyib»
ФОТО: Getty images

“Yuventus” bosh murabbiyi Igor Tudor “Borussiya D”ga (4:4) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Inter”ga qarshi bahsda qancha kuch sarflaganimiz o‘yinda bilinib turdi. Tanaffusda ba’zi futbolchilarda charchoq alomatlari borligini payqadim. Yuqori saviyadagi futbolchilarga ega kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Oxirgi ikki bahsda jiddiy raqiblarga qarshi to‘qnash keldik.

Maydonga chiqqan har bir futbolchi katta ishtiyoq bilan harakat qildi. Bu esa murabbiy uchun juda muhim. Hech qachon taslim bo‘lmasligimizni ko‘rish juda ajoyib”, — dedi Tudor klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting