locale OZ

Tsimikas yozda \"Liverpul\"ni tark etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tsimikas yozda "Liverpul"ni tark etadi
Photo: Getty Images

"Liverpul" himoyachisi Kostas Tsimikas joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz grandi rahbariyati 28 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan.

Futbolchining transfer bahosi 20 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Tsimikas 28 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gretsiyalik himoyachi “Liverpul” bilan birgalikda 2024/2025 yilgi mavsum uchun muddatidan oldin Angliya chempioniga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting