Trent: ««Liverpul»da hamma narsaga erishdim»
«Real» himoyachisi Angliyadagi faoliyati va u yerdan ketishi haqida fikr bildirdi.
Photo: gettyimages
«Real» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold «qirollik» klubiga o‘tishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri edi. Ammo transfer kerakli vaqtda amalga oshdi. «Liverpul»da hamma narsaga erishdim. U yerni tark etish oson emasdi. Ketishning asosiy sababi ambitsiyalar va shaxsiy o‘zgarishi istagi edi. Shu sababli Madrid klubiga yo‘l olishni to‘g‘ri qaror deb bildim», — dedi futbolchi.
Avvalroq «Real» himoyachisi Dani Karvaxal jamoadoshi Trent Aleksander-Arnold bilan raqobati borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor