Traore «West Hem»ga o'tishi mumkin
"West Ham" shu haftada kelishuvni yakunlashi kutilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Fulhem" vingeri Adama Traore faoliyatini "West Hem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar qilmoqda.
Manbaga ko'ra, "bolg'achilar" ispaniyalik futbolchi bilan yarim yillik bitim tuzishadi.
Jamoa bosh murabbiyi Nuno Espiritu Santo Adamani tarkibda ko'rmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis 29 yoshli vinger bilan "Vulverhempton"da birga ishlagan.
Traore ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas. "West Hem" shu haftada kelishuvni yakunlashi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist