Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, «Dinamo» tarkibidagi deyarli barcha futbolchilar o'sishda
Superliga-2025 oldidan "Dinamo" jamoasining transfer bahosi Transfermarkt portaliga ko'ra 10-o'rinda bo'lsa-da, jamoamiz chempionatni 4-o'rinda yakunladi.
Mavsum davomida deyarli barcha o'yinchilarda o'sish kuzatilganini Transfermarkt portalidagi transfer baholarining oshganidan ham ko'rish mumkin. Hozirda tarkibning umumiy bahosi bo'yicha jamoa yettinchi o'rinda qayd etilgan. E'tiborlisi, "Dinamo"ning aksariyat o'yinchilari transfer bahosining eng ko'p oshishi bo'yicha Superligada eng yaxshilar safida bo'ldi. Jumladan, himoyachimiz Jaloliddin Jumaboyev va yarimhimoyachi Behruzbek Obloqulov transfer bahosidagi o'sish bo'yicha Superligada top-10talikdan joy oldi.
Portaldagi ma'lumotlarga ko'ra, tarkibdagi eng qimmat futbolchilarimiz ro'yxatini esa Jahongir O'rozov (600 ming yevro), Dmitriy Pletnyov (450 ming yevro), Ratinio, Anvarjon Hojimirzayev va Xislat Xalilov (har biri 400 ming yevrodan) tashkil etmoqda.
Quyida "Dinamo"ning transfer bahosi eng ko'p oshgan o'yinchilari top-10ligi bilan tanishing:
