Transfermarkt APLning qimmat futbolchilarining yangilangan reytingini eʼlon qildi
Mashhur Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi. «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya chempionatining eng qimmat futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Uning qiymati 180 million yevroga teng deb baholangan.
Ikkinchi oʻrindan «Arsenal» vingeri Bukayo Saka joy olgan (140 mln yevro), kuchli uchlikni esa «Liverpul» forvardi Aleksandr Isak (140 mln yevro) yakunlab bergan.
Transfermarkt talqiniga koʻra, APLning eng qimmat TOP-10 futbolchisi:
1. Erling Holand («Man Siti») — 180 mln yevro
2. Bukayo Saka («Arsenal») — 140 mln yevro
3. Aleksandr Isak («Liverpul») — 140 mln yevro
4. Florian Virts («Liverpul») — 130 mln yevro
5. Koul Palmer («Chelsi») — 120 mln yevro
6. Deklan Rays («Arsenal») — 120 mln yevro
7. Moyzes Kaysedo («Chelsi») — 100 mln yevro
8. Aleksis Makallister («Liverpul») — 100 mln yevro
9. Rayan Gvaranberx («Liverpul») — 90 mln yevro
10. Rodri («Man Siti») — 90 mln yevro
Eslatib oʻtamiz, hozirda «Arsenal» APLning 7-turidan soʻng 16 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Liverpul» 15 ochko bilan ikkinchi, «Tottenhem» esa 14 ochko bilan uchinchi oʻrinda bormoqda.