Transfer. Oybek Rustamov – “Nasaf” futbolchisi
Oybek Rustamov faoliyati davomida “Qo‘qon-1912” hamda OKMK jamoalari sharafini himoya qilgan.
photo: Nasaf fk
“Nasaf” futbol klubi so‘nggi uch mavsum davomida Olmaliqning OKMK jamoasida ijara asosida to‘p surgan tajribali yarim himoyachi Oybek Rustamovni “Qo‘qon-1912” klubidan to‘liq transfer qildi.
"Oybek Rustamov faoliyati davomida “Qo‘qon-1912” hamda OKMK jamoalari sharafini himoya qilgan.
Futbolchi jamoamiz bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Ishonamizki, Oybek Rustamov “Nasaf” bilan birgalikda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishda munosib hissa qo‘shadi.
“Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Oybek!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor