locale OZ

Tramp JCH–2026 finaligacha o‘yinlarga bormasligi mumkin — The Telegraph

Jahon chempionati uning ish rejalariga kiritilmagan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tramp JCH–2026 finaligacha o‘yinlarga bormasligi mumkin — The Telegraph
ФОТО: Getty images

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchrashuvlariga finalgacha tashrif buyurmasligi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Tramp turnir davomida stadionga faqat AQSH terma jamoasi yarim finalga chiqqan taqdirdagina kelishi mumkin.

Ayni paytda jahon chempionati uning ish rejalariga kiritilmagan — 4 iyul kuni u AQSHda nishonlanadigan United States Independence Day tadbirlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Tramp final bahsida ishtirok etishi ehtimoli yuqori. U g‘olib jamoa kapitaniga trofeyni topshirish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting