\"Traktorsozi\" Hamrobekov transferi uchun 300 ming yevro to'laydi
29 yoshli yarim himoyachi Eronning amaldagi chempioni bilan muzokara o'tkazmoqda
Rasm: Championat Asia
"Bunyodkor" klubi futbolchisi Odil Hamrobekov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin. Ayni paytda 29 yoshli yarim himoyachi mamlakat chempionati g'olibi — "Traktorsozi" jamoasi bilan muzokara olib bormoqda.
Eron OAV xabariga ko'ra, futbolchining transferi uchun "Bunyodkor" klubiga 300 ming yevro to'lanishi rejalashtirilgan.
Bakradze Iman
Redaktor