«Trabzonspor» Benzema bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Fransiyalik futbolchi tez orada yangi jamoaga o‘tishi mumkin.
ФОТО: Getty images
Al-Hilol klubining fransiyalik hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Trabzonspor jamoasida davom ettirishi mumkin.
Turkiyalik jurnalist Yagiz Sabuncuog‘lining ma’lum qilishicha, fransuz hujumchisining xizmatlari Turkiya klubiga taklif qilingan, shundan so‘ng tomonlar muzokaralarni boshlagan.
Shu bilan birga, Trabzonspor Darvin Nunesning transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, hozircha Al-Hilol bilan urugvaylik hujumchi bo‘yicha kelishuvga erishilmagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist