locale OZ

«Trabzonspor» Andre Onanani «Manchester United»dan ijaraga oldi

Ijara 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Trabzonspor» Andre Onanani «Manchester United»dan ijaraga oldi
ФОТО: Getty images

“Trabzonspor” o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Manchester United” darvozaboni Andre Onananing ijara asosida jamoaga qo‘shilganini e’lon qildi.

Ijara 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.

Avvalroq turk klubining 29 yoshli darvozabonni sotib olish huquqiga ega emasligi haqida ma’lumot berilgan edi.

Onana 2023 yil yozida “Inter”dan “qizil iblislar” safiga qo‘shilgandi. Shu vaqtgacha kamerunlik darvozabon barcha musobaqalarda 102 o‘yinda maydonga tushdi. Ulardan 24 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting