locale OZ

Totti JCH–2026ning eng katta hafsalasi pir bo‘lgan jamoalarini aytdi

Uning fikricha, Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari kutilgan natijani ko‘rsata olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Totti JCH–2026ning eng katta hafsalasi pir bo‘lgan jamoalarini aytdi
ФОТО: Getty images

Italiyaning "Roma" klubi afsonasi Franchesko Totti 2026 yilgi Jahon chempionatidagi eng katta ko‘ngilsizlikka aylangan jamoalarni aytdi.

Uning fikricha, Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari kutilgan natijani ko‘rsata olmadi.

— Turnirning eng katta hafsalasi pir bo‘lgan jihati qaysi? Ko‘p narsa kutilgan, ammo o‘zini oqlamagan futbolchi yoki o‘yinni ayta olasizmi?

— Avvalo, Niderlandiya va Germaniyani aytardim. Men ular turnirda ancha uzoqqa boradi, deb o‘ylagandim. Ammo alohida bir futbolchini ajratib, u yomon o‘ynadi, deb aytishni yoqtirmayman.

Men o‘zim ham futbolchi bo‘lganman va o‘yinchi qanday holatda bo‘lishi mumkinligini yaxshi tushunaman. Agar hammasi yaxshi ketmayotgan bo‘lsa, bu butun jamoaning muammosidir. Shuning uchun aybni faqat bitta futbolchiga yuklash to‘g‘ri emas, — dedi Totti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting