«Tottenxem» Spens bilan yangi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi
Photo: Getty Images
"Tottenxem"ning chap qanot himoyachisi Jed Spens London klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder va jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "shporlar" 20 yoshli ingliz bilan yangi kelishuv borasida bir necha hafta oldin kelishib olgan. Tez orada rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
"Tottenxem" Spensni 2022 yil yozida "Nottingem"dan 14,7 million yevroga xarid qilgandi. U o‘tgan mavsumda 35 ta o‘yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor