\"Tottenxem\" Son Xyon Minni yaqin orada sota olmaydi
33 yoshli futbolchi Londonni tark etish arafasida.
Photo: Getty Images
Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachi Son Xyon Min bo‘yicha qarori ma’lum bo‘ldi.
The Times xabarida aytilishicha, klubning yangi ustozi Tomas Frank tarkibni o‘zgartirmoqchi. Son jamoani tark etishi kutilmoqda.
Biroq klub koreyalik futbolchini yaqin haftalarda sota olmaydi. U “shporlar” bilan Osiyoga safar uyushtiradi. Ushbu tur doirasida Son o‘zining vatani Janubiy Koreyada "Nyukasl"ga qarshi o‘yinida ishtirok etishi kerak. Bu "Tottenxem"ning tur tijoriy shartnomasida ko‘rsatilgan.
Umuman olganda, londonliklar Sonni faqat avgust oyida sotib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist