locale OZ

«Tottenxem» Solanke bilan xayrlashmoqchi

London klubi o'tgan mavsum ingliz hujumchisini "Bornmut"dan 63 million yevroga sotib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tottenxem Solanke bilan xayrlashmoqchi
ФОТО: Getty images

“Tottenxem” hujumchisi Dominik Solanke qishda jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.

Manbaga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Tomas Frank hujumchining o‘yinlaridan mamnun emas. Shu sababli, u Solankening jamoani tark etishiga rozilik bergan.

Frank joriy mavsumda Solankega barcha musobaqalarda atigi 49 daqiqa o‘ynash imkoniyatini berdi.

Eslatib o‘tamiz, London klubi o‘tgan mavsum ingliz hujumchisini "Bornmut"dan 63 million yevroga sotib olgandi. 28 yoshli futbolchi "shporlar" safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting