«Tottenxem» Romero uchun narx belgiladi
Romero London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Tottenxem" markaziy himoyachisi Kristian Romero yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "shporlar" 28 yoshli argentinalik futbolchini sotishga tayyor va undan 59 million yevro ishlab olmoqchi.
Shu bilan birga, futbolchining jarohatlarga moyilligi sababli klub uni 47 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga ham qo‘yib yuborishi mumkinligi istisno etilmayapti. Romeroga "Inter", "Real", "Barselona" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.
O‘tgan mavsumda Romero barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Romero London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist