«Tottenxem» Parrottni ortga qaytarmoqchi
Parrottning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Фото: Getty Images
Londonning «Tottenxem» klubi Ispaniyaning «Betis» jamoasida to‘p surayotgan o‘z tarbiyalanuvchisi Troy Parrottni qaytarmoqchi. Bu haqda Estadio Deportivo xabar bermoqda.
Biroq «Betis»da yaqinda jamoaga qo‘shilgan hujumchining ehtimoliy ketishi borasida xavotir yo‘q. Sababi, irlandiyalik futbolchining shartnomasida tovon puli miqdori 100 million yevro etib belgilangan. Parrottning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
O‘tgan yozda «Betis» hujumchini atigi 16 million yevroga sotib olgan edi. U sevilyaliklar safida barcha musobaqalar doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.