locale OZ

\"Tottenhem\"ga Sane taklif qilindi

Futbolchi "Bavariya"ni tark etish arafasida
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Tottenhem"ga Sane taklif qilindi
Photo: Getty Images

"Bavariya" vingeri Leroy Sanening vakillari "Tottenhem" bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchi uchun "Tottenhem" ideal variantga aylangan. Klub Chempionlar Ligasida ishtirok etadi va yozda tarkibni kuchaytirmoqchi.

Sanening "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning iyun oyining oxirida yakunlanadi. Leroy yakunlangan Bundesliga mavsumida 30 uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting