«Tottenhem»ga Elliot kerak
Photo: Getty Images
"Liverpul"ning hujumkor yarim himoyachisi Xarvi Elliot Londonning "Tottenhem" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebastyan Vidal ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "shporlar" Elliot transferi bo'yicha "Liverpul"ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor.
O'tgan mavsumda Elliot barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 marta ishg'ol qildi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari 22 yoshli yarim himoyachining narxini 30 million yevroga baholamoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor