locale OZ

«Tottenhem» Tomas Frankni nima uchun isteʼfoga chiqargani maʼlum boʻldi

Avvalroq «shporlar» daniyalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Tomas Frankni nima uchun isteʼfoga chiqargani maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» bosh murabbiyi Tomas Frankning 11 fevral kuni iste’foga chiqarilishi futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. The Telegraph nashri ushbu qarorning kutilmagan tafsilotlarini ochiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, daniyalik mutaxassisning ashaddiy raqib jamoa — «Arsenal»ga bo‘lgan o‘zgacha munosabati «shporlar» kiyinish xonasidagi muhitni buzgan.

Tomas Frank jamoaviy yig‘ilishlarda va mashg‘ulotlar jarayonida doimiy ravishda «Arsenal»ning o‘yin uslubi hamda yutuqlarini misol qilib ko‘rsatishni odat qilgan. Bu holat futbolchilarning keskin e’tiroziga sabab bo‘lgan, chunki ular o‘z murabbiyi og‘zidan doimiy ravishda asosiy raqib haqidagi maqtovlarni eshitishdan charchashgan. Hattoki o‘zaro uchrashuvlardan oldin ham Frank «Arsenal»ning qanchalik kuchli ekanligini ta’kidlashdan to‘xtamagan, bu esa jamoa ichida «murabbiyimiz raqib jamoaning ashaddiy muxlisimi?» degan shubhalarni uyg‘otgan.

Vaziyatni yanada og‘irlashtirgan omil — jamoaning natijalari bo‘ldi. «Tottenhem» Angliya Premyer-ligasida qatorasiga sakkizta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Ayni damda jamoa 26 turdan so‘ng 29 ochko bilan turnir jadvalining 16-pog‘onasiga tushib ketgan.

Garchi jamoa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 17 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rin bilan nimchorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa-da, ichki chempionatdagi inqiroz va kiyinish xonasidagi noroziliklar Tomas Frankning kursidan ayrilishiga olib keldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting