locale OZ

“Tottenhem” so'nggi 20 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Tottenhem” so'nggi 20 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
13.04.2025, Yak.
Vulverempton
4
Tottenhem
2

Londonning “Tottenhem” klubi Angliya Premyer-ligasining 32-turida “Vulverxempton”ga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Shu tariqa, “shporlar” so'nggi 20-yillikdagi klub antirekordini o'rnatdi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Anj Postekoglu jamoasi joriy mavsum APL'da 17 bor mag'lubiyatga uchradi. Bu klubning 2003/2004-yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasi hisoblanadi. O'shanda jamoa 19 marta mag'lub bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, “Tottenhem” Premyer-liganing 32-turidan so'ng 37 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting