locale OZ

«Tottenhem» Slot variantini ko‘rib chiqishi mumkin

Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
«Tottenhem» Slot variantini ko‘rib chiqishi mumkin
Фото: Getty Images

«Tottenhem» bosh murabbiylik lavozimiga Arne Slot nomzodini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London jamoasi niderlandiyalik mutaxassisni Roberto De Zerbi o‘rniga taklif qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Slot avval ham «Tottenhem» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatoridan joy olgan. U 2023-yilda Anj Postekoglu tayinlanishidan oldin klub rahbariyatining e’tiborida bo‘lgan.

«Tottenhem» Angliya Premyer-ligasining dastlabki besh turidan so‘ng atigi ikki ochko jamg‘argan va turnir jadvalining so‘nggi, 20-o‘rnini egallab turibdi. Jamoa navbatdagi bahsini 10-oktabr, shanba kuni safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi «Old Trafford» stadionida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Arne Slot 2024-yilda «Liverpul» bosh murabbiyiga aylangan. Uning «Tottenhem»ga tayinlanishi hozircha ehtimoliy variant sifatida tilga olinmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting