«Tottenhem» Mateush Fernandesh transferini rasman e’lon qildi
O‘tgan mavsum Mateush Fernandesh barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: gettyimages
«Tottenhem» klubi Mateush Fernandesh transferini rasman e’lon qildi.
Avvalroq OAV «Vest Hem» 20 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 99 million yevro talab qilgani haqida xabar bergandi. Futbolchiga qiziqish bildirgan «Manchester Yunayted» ushbu narxni yuqori deb hisoblagan bo‘lsa, «Tottenhem» belgilangan summani to‘lab, transferni yakunladi.
O‘tgan mavsum Mateush Fernandesh barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining «Vest Hem» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qilardi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Mateush Fernandeshning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.