«Tottenhem» La Ligadan hujumchi olib kelmoqchi
Фото: Getty Images
“Atletiko” hujumchisi Aleksandr Sørloth faoliyatini Tumanli Albiyonda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Fichajes.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli norvegiyalik hujumchining transferiga Londondagi "Tottenhem" klubi qiziqmoqda.
Hozircha “shporlar” “matraschilar”ga tajribali skandinaviyalikni sotib olish taklifi bilan chiqishmagan. Sørlothning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.
İspaniya klubi transfer oynasi yakuniga qadar hujumchi bilan xayrlashishni maqsad qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunida yakuniga yetadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist