locale OZ

“Tottenhem” “Bavariya” hujumchisini sotib olishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Tottenhem” “Bavariya” hujumchisini sotib olishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Londonning “Tottenhem” klubi tez orada “Bavariya” hujumchisi Matias Telni sotib oladi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar to'liq transfer bo'yicha kelishib olishga yaqin turibdi. Transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Tel 2025-yilning fevralida ijara asosida “shporlar” safiga qo'shilgandi. Bu davr ichida u jami 8 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting