locale OZ

«Tottenhem» Akliushga e'tibor qaratdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Akliushga e'tibor qaratdi
Фото: Getty Images

“Monako” hujumchisi Magnes Akliush Angliya klublarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.

The Independent xabar berishicha, “Tottenhem” klubi ham Magnesga e’tibor qaratdi. London klubi uni “Manchester Siti” a’zosi Savioga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.

“Monako” Akliush borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Klub uning transferidan 70 million yevro olishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting