Toshkentdagi «Humo Arena»da futzal bo‘yicha 2026 yilgi O‘zbekiston Superkubogi bahsi o‘tkazildi.
Toshkentdagi «Humo Arena»da futzal bo‘yicha 2026 yilgi O‘zbekiston Superkubogi bahsi o‘tkazildi. Bellashuv SQB ham BMB jamoalari o‘rtasida kechdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa SQB 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.
Mazkur bellashuvga jahon futbolining mashhur afsonalari faxriy mehmon sifatida taklif etilgan. Xususan, braziliyalik darvozabon Julio Sezar, italiyalik sobiq futbolchilar Marko Materatssi va Kristian Zakkardo, shuningdek, Jerom Boateng (Germaniya), Michel Salgado (Ispaniya), Esteban Kambiasso (Argentina), Rikardu Kuarejma (Portugaliya), Uesli Sneyder (Niderlandiya), Oskar (Braziliya), Kevin Kurani (Germaniya) va Vinchenso Yakvinta (Italiya) Superkubok uchrashuvini bevosita arenadan kuzatib bordi va taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Superkubogi
BMB — SQB 3:3 (penaltilar seriyasi — 2:4)
Gollar: 0:1 — Davlat Ibragimov (2), 0:2 — Timur Salimov (27), 1:2 — Jan Aldemiro (31), 1:3 —Bolt (32), 2:3 — Aldemiro (33), 3:3 — Vitor (35)