Toshkentda xalqaro yarim marafon boʻlib oʻtdi
Bugun poytaxtimizda “Tashkent International Half Marathon” musobaqasi oʻtkazildi. 5 km va 21,097 kilometr (yarim marafon) masofalarda tashkil etilgan bahslar 24 mingdan ortiq ishtirokchini oʻzida jamladi.
Tadbirning ochilish marosimida qatnashgan rasmiylar mamlakatimizda ommaviy sport yildan yilga rivojlanib borayotgani, bu kabi musobaqalar aholini sogʻlom turmush tarziga yanada keng targʻib qilishda muhim oʻrin tutishini taʼkidlashdi.
Bellashuvlar yakunida oʻz yoʻnalishlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar bilan tanishing:
5 km, erkaklar:
1. Eldor Botirov
2. Ruslan Xadjiyev
3. Behruz Shavkatov
Ayollar:
1. Alina Hakimova
2. Maftuna Ahmedova
3. Kamola Ablayeva
Yarim marafon, erkaklar:
1. Andrey Petrov
2. Hasan Mirsoatov
3. Baxtiyor Oʻtkirov
Ayollar:
1. Marjona Ahmadaliyeva
2. Sadafbonu Nusratulloyeva
3. Arofatxon Imomaliyeva