Toshkentda ellik yoshdan kattalar o'rtasida turnir bo'lib o'tdi
PHOTO: Telegram
Toshkent shahar futbolining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan 50 yoshdan oshgan faxriy futbolchilar oʻrtasidagi “Hokim kubogi-2025” turniri yakunlandi. Unda “Bunyodkor” faxriylar jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
1-o‘rin – “Bunyodkor”
2-o‘rin – “Toshkent”
3-o‘rin – “Xo‘jand”
4-o‘rin – “Chimkent”
Shuningdek, Aleksey Roshin (“Bunyodkor”) eng yaxshi darvozabon, Abduqodir Shamsidov (“Toshkent”) eng yaxshi himoyachi, Fayzulla O‘rdaboyev (“Chimkent”) eng yaxshi yarim himoyachi, Mansur Hakimov (“Xo‘jand”) eng yaxshi hujumchi va Abdulla Bo‘riyev (“Bunyodkor”) eng yaxshi futbolchi sovrini bilan taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor