Toshkent U-15 O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi
14–19-oktabr kunlari Farg‘ona shahrida 2010-yilda tug‘ilgan futbolchilar (U-15) o‘rtasida turnir bo'lib o'tdi.
Photo: tashcitysport
2025-yil 14–19-oktabr kunlari Farg‘ona shahrida 2010-yilda tug‘ilgan futbolchilar (U-15) o‘rtasida viloyatlar terma jamoalari ishtirokida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Toshkent shahri terma jamoasi murabbiylar Samug Dodayev, Yusuf Ergashev va Sarvar Xaydarov boshchiligida ishtirok etib, yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etdi.
Toshkentliklar finalgacha yetib bordi va hal qiluvchi bahsda Qashqadaryo viloyati terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston U-15 chempionatining mutloq g‘olibiga aylandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor