locale OZ

Tonali yashirincha tarzda «Nyukasl» bilan kelishuvni uzaytirdi

Tonali 2023 yilda futbol o‘yinlariga pul tikkani uchun 10 oyga chetlatilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tonali yashirincha tarzda "Newcastle" bilan kelishuvni uzaytirdi
ФОТО: Getty images

Italiya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Sandro Tonali yashirincha “Nyukasl” bilan shartnomasini uzaytirdi.

The Telegraph nashri xabar berishicha, u kelishuvni uzaytirish orqali diskvalifikatsiya paytida uni qo‘llab-quvvatlagan klubga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Tonali 2023 yilda futbol o‘yinlariga pul tikkani uchun 10 oyga chetlatilgandi.

Shunga qaramay, "Nyukasl" sport direktori Den Eshvort va bosh murabbiy Eddie Howe futbolchini jazolamadi, aksincha, uni qo‘llab-quvvatladi.

O‘shanda Tonali "Newcastle" bilan mehnat shartnomasini "1+1" sxemasi bo‘yicha 2030 yil yozigacha uzaytirish taklifini qabul qilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting