locale OZ

Tomas Tuxel: Men uni bizni hayron qoldiradi va mashg‘ulotlardagi ishtiyoq bilan o‘ynaydi deb o‘ylagandim

Tomas Tuxel Fil Fodenning Jahon chempionatidagi ishtiroki kafolatlanmaganini ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Tuxel: Men uni bizni hayron qoldiradi va mashg‘ulotlardagi ishtiyoq bilan o‘ynaydi deb o‘ylagandim
photo: Google

Tomas Tuxel Fil Fodenning Jahon chempionatidagi ishtiroki kafolatlanmaganini ma’lum qildi.Fil Fodenning Jahon chempionatidagi ishtiroki kafolatlanmaganini ma’lum qildi.

Man Siti yarim himoyachisi mart oyidagi har ikkala o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi. Yaponiyaga qarshi kechgan bahsda Foden yolg‘onchi to‘qqizlik pozitsiyasida harakat qildi. Mart oyidagi yig‘inlardan so‘ng Tuxel JCH-2026 uchun 24 kishilik yakuniy tarkibni tanlab olishi kerak.

O‘yindan so‘ng nemis mutaxassisidan Filning tarkibdagi o‘rni borasida shubha bor-yo‘qligi haqida so‘rashganda, u shunday javob berdi: Bu uning musobaqaga borishini kafolatlamaydi.

Tuxel Foden mashg‘ulotlarni «a’lo darajada» o‘tkazganini, ammo «buni maydonda ko‘rsatib berish unga qiyin bo‘layotganini» ta’kidladi:

Shunisi aniqki, oxirgi paytlarda u Sitida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Keyin esa terma jamoa ixtiyoriga yuzida tabassum bilan yetib keldi va mashg‘ulotlarda juda yaxshi qatnashdi.

Men uni bizni hayron qoldiradi va mashg‘ulotlardagi ishtiyoq bilan o‘ynaydi deb o‘ylagandim, lekin ha, u o‘zini to‘liq namoyon eta olmayapti, – dedi Tuxel.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting