Tomas Myullerdan kutilmagan jamoa taklifi
Photo: Getty Images
“Bavariya” sobiq hujumchisi Tomas Myuller uchun kutilmagan jamoadan taklif tushdi.
Bild xabariga ko'ra, 35 yoshli futbolchiga Avstriyaning “Rapid” klubi qiziqish bildirib, Myullerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Avvalroq Tomasning MLS klubiga borishi taxmin qilinayotgandi. “Rapid” Myullerga yiliga 3 mln yevro maosh taklif qilgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Osiyoga borishni xohlamayapti.
Afsanaviy futbolchi "Bavariya" safida 756 ta rasmiy o'yin o'tkazgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor