locale OZ

Tomas Frank: «Keyingi «Oltin toʻp»ni yana «PSJ» futbolchisiga nasib etadi»

«Tottenhem» bosh murabbiyi Vitinyani eʼtirof etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Frank: «Keyingi «Oltin toʻp»ni yana «PSJ» futbolchisiga nasib etadi»
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» bosh murabbiyi Tomas Frankning fikricha, navbatdagi «Oltin to‘p» sovrinini «PSJ» yarim himoyachisi Vitinya qo‘lga kiritadi.

«Keyingi “Oltin to‘p” yana “PSJ” futbolchisiga nasib etadi. Bu — Vitinya bo‘ladi. U dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi. Ajoyib futbolchi», — dedi Frank.

26 noyabr kuni Vitinya Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Tottenhem» darvozasiga uchta gol urib, jamoasiga 5:3 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Portugaliyalik futbolchi joriy yilgi «Oltin to‘p» taqdirlash marosimida 3-o‘rinni egallagandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting