locale OZ

Tom Aspinall Eddi Xirn promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Aspinall hozirda UFC'ning ogʻir vazn chempioni hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tom Aspinall Eddi Xirn promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
FOTO: Getty Images

UFC'ning og‘ir vazn toifasidagi chempioni Tom Aspinall Eddi Xirn boshchiligidagi Matchroom Talent Agency promouterlik agentligi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

«Tom bilan gaplasha boshlaganimda, bu inson o‘zining avvalgi kuch-quvvatini yo‘qotib qo‘yganini payqadim. Men unga: «Boshingni baland ko‘tar. Sen UFC'ning og‘ir vazndagi chempionisan va jang san'atlaridagi eng katta yulduzlardan birisan. Yur, senga tegishli bo‘lgan narsani olib qaytamiz», — deydi Xirn.

Ushbu hamkorlik Matchroom'ning yuqori darajadagi sportchilarni ilgari surishdagi katta tajribasini hisobga olgan holda, britaniyalik jangchining media karerasida muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting